AsosiyDunyo

ISPANIYaDA BIR KUNDA IKKITA TERAKT SODIR BO`LDI (VIDEO)

'ISPANIYaDA BIR KUNDA IKKITA TERAKT SODIR BO`LDI (VIDEO)'ning rasmi

Ispaniyada bir kunda ikkita terakt sodir bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Barselonada ko`chada ketayotgan piyodalarni furgon mashinasi bosib ketdi, oqibatda 13 kishi halok bo`ldi, yuzdan ortiq odam jarohatlandi. Oradan biroz o`tib, aynan shu voqea Kataloniyaning Kambrils shahrida takrorlandi. Bu erda terakt oqibatida etti kishi tan jarohati oldi.
Barselonada sodir bo`lgan teraktda furgon haydovchisi ko`proq odam bosish uchun avtomashinani ilonizi qilib haydagan. Avtomashina haydovchisi qochib ketgan, uning quroli bo`lmagan. Ayni paytda u polisiya tomonidan qidirilmoqda. Kambrils shahridagi teraktdan keyin to`rt nafar terrorchi polisiya tomonidan qo`lga olindi. Bir nafar terrorchi va polisiya xodimi yaralandi.

Bugun Barselonadagi terakt qurbonlari xotirasi uchun Ispaniyada uch kunlik motam e`lon qilindi.


    Boshqa yangiliklar