AsosiyDunyo

​GOLLANDIYa RADIOSI XODIMINI GAROVGA OLGAN ERKAK QO`LGA OLINDI

'​GOLLANDIYa RADIOSI XODIMINI GAROVGA OLGAN ERKAK QO`LGA OLINDI'ning rasmi

Gollandiyaning Xilversyum shahrida joylashgan radiostansiya binosida ayolni garovga olgan erkak ushlandi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Erkak garovga olgan ayol ozod qilindi, u hech qanday tan jarohati olmadi. Polisiya radiostansiyaga hujum qilgan erkakning maqsadini aniqlamoqda.

Bugun pichoq bilan qurollangan erkak 3FM radiosi xodimasini garovga olganiga qarmay, radioeshittirishlar to`xtatilmadi.

Reuters agentligi bergan xabarga ko`ra, mazkur hodisada 3FM radistansiyasini yaqinda tark etgan 19 yoshli didjey yigitning qo`li borligi gumon qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar