Xitoylik ayol qo`lbola ko`prikdan yugurib o`tgandan keyin bir necha soniya o`tgach, ko`prikni suv yuvib ketdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Fojiali yakun topishi mumkin bo`lgan hodisani voqea guvohlari videoga oldi.
Voqea Xitoyning janubiy qismida joylashgan Vensyao shahrida ro`y berdi. Mahalliy aholi kuchli yog`ingarchilik tufayli qutqaruvchilar yordamida daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga o`tkazildi.
Ko`prikdan eng oxiri o`tayotgan ayol yo`lning o`rtasiga kelganda, odamlar qo`lbola ko`prikning buzilayotganligini ko`rishdi. Ular ayolni tezroq yugurishga undashdi. Ayol qirg`oqqa qadam qo`yishi bilan ko`prikni suv vayron qildi.
Mahalliy hukumat vakillarining so`zlariga qaraganda, iyul oyida suv toshqini tufayli beton ko`prik buzilgandan keyin mazkur vaqtinchalik qo`lbola ko`prik qurilgan.






