AsosiyDunyo

FORBES EMMA STOUNNING DUNYoNING ENG QIMMAT HAQ TO`LANADIGAN AKTRISASI EKANLIGINI MA`LUM QILDI

'FORBES EMMA STOUNNING DUNYoNING ENG QIMMAT HAQ TO`LANADIGAN AKTRISASI EKANLIGINI MA`LUM QILDI'ning rasmi


“Oskar” kinomukofotining laureati Emma Stounni Forbes jurnali joriy yilning eng qimmat haq to`lanadigan aktrisasi, deb e`lon qildi, deya xabar qildi Ntv.ru nashri.

Forbes jurnalining xabar berishicha, aktrisa “La-La-Lend” myuziklidagi asosiy qahramon ayol roli uchun Emma Stounga 26 million dollar haq to`langan. Bu uning ijodiy karerasidagi eng yuqori ko`rsatkichdir.

Ro`yxatning ikkinchi o`rnini 25,5 million dollar bilan Jennifer Eniston egalladi. Emma Stoundan farqli ravishda 48 yoshli aktrisa film prokatlaridagi dividentidan tashqari Emirates airlines, Smartwater, Aveeno, Living Proof kompaniyalari bilan reklama shartnomalarini tuzgan.

Amerikalik Jennifer Lourens 24 million dollar bilan o`tgan yili egallagan birinchi o`rindan uchinchi o`ringa tushdi. Keyingi o`rinlarni 18 million dollar bilan Melissa Makkarti, 15,5 million dollar bilan Mila Kunis, 14 million dollar bilan britaniyalik Emma Uotson va JARlik Sharliz Teronlar egallashdi.



    Boshqa yangiliklar