AsosiyJamiyat

​QOZOG`ISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRI O`ZBEKISTONGA KELADI

'​QOZOG`ISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRI O`ZBEKISTONGA KELADI'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzakov boshchiligidagi delegasiya 17-18 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tashrif davomida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida uchrashuv o`tkazish va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Qozog`iston delegasiyasi, shuningdek, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasida O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi, boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar