AsosiyDunyo

​25 YoShLI BODIBILDER QIZ PROTEINGA BOY PARHEZ TUFAYLI VAFOT ETDI

'​25 YoShLI BODIBILDER QIZ PROTEINGA BOY PARHEZ TUFAYLI VAFOT ETDI'ning rasmi

Avstraliyalik professional bodibilder qiz Migan Xefford (Meegan Hefford) juda kam uchraydigan genetik kasallikdan vafot etdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

U 19 iyun kuni uyidan behush holda topilgan. Kasalxonaga olib borilganda qiz to`satdan vafot etgan. Yosh qizning o`limi uning yaqinlari uchun haqiqiy shok bo`ldi.

Migan ikki farzandni dunyoga keltirgach, qat`iy parhezga rioya qilib, qomatini o`z holiga qaytarish uchun faqat oqsil moddali taomlarni iste`mol qilgan. Bu esa uning o`limiga sabab bo`ldi.

Oradan ikki oy vaqt o`tgachgina, shifokorlar fojia sababini ma`lum qilishdi. Aniqlanishicha, sportchining mochevina sikli buzilib, organizmi u rioya qilayotgan yuqori proteinli parhezni ko`tara olmagan. Qizning o`zi xastaligidan bexabar bo`lgan. Parhez oqibatida uning qonida ammiak va miyasida suyuqlik to`plangan.

    Boshqa yangiliklar