AsosiyJamiyat

​ANDIJONDAGI "OLTIN SOY" BOG`IDA 22 ATTRAKSION VA AKVAPARK ISh BOShLADI(FOTO)

'​ANDIJONDAGI "OLTIN SOY" BOG`IDA  22 ATTRAKSION VA AKVAPARK  ISh BOShLADI(FOTO)'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev o`tgan yilning oxirlarida saylovchilar bilan uchrashuv chog`ida joylarda turli dam olish maskanlari qurilishi to`g`risida so`z ochgandi. Ayni paytda ana shu va`dalar bajarilmoqda.

Mustaqillik bayrami arafasida barcha viloyatlarda yangi ob`ektlar ishga tushirilmoqda. Bunday yangiliklar bolajonlarga ham katta quvonch bag`ishlamoqda.

Joriy yilning 12 avgust kuni Andijon viloyatining Oltinko`l tumanida “Oltin soy” bog`i fodylanishga topshirildi. 5,5 gektar maydonni egallagan mazkur maskanda dam olish, madaniy hordiq chiqarish, sport bilan shug`ulanish uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Ayni paytga qadar ushbu mintaqada mavjud bo`lmagan g`aroyib attraksionlar nafaqat bolalar, hattao kattalarni ham hayratga solmoqda. Qisqasi, bu erga tashrif buyurganlarning har biri o`z ta`biga yarasha ko`ngil yozishi, zavq-shavq olishi mumkin.

Bog`da ochilgan kafeda istalgan turdagi shirinliklardan bahramand bo`lish mumkin. Bog`dagi musiqiy favvoralarni ko`rgan insonning ko`zi quvnaydi. Shu bilan birga bu erda turli tadbirlarni o`tkazish, konsertdasturalari uchun yozgi amfiteatr ham qurilgan.

Soya-salqin daraxtlar panasida turgan so`rilar yoshi katta mehmonlar uchun ham maroqli hordiq chiqarishga sharoit yaratadi. Yosh kelin-kuyovlar uchun esa, romantik suratlarga tushish imkonini beruvchi manzaralar yaratilgan. Har tomoni suv bilan o`rab olingan bu maskan salqin va xushxavo bo`lishi bilan birga, o`ta maftunkor va hayratomuz manzara kasb etgan.

Mazkur yirik loyihani amalga oshirish uchun 5 oy vaqt sarflandi. Bu muhtasham maskan O`zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan xitoylik hamkorlar ko`magida qurib bitkazildi. Shuningldek, Xitoydan 22 dona attraksion ham keltirildi. Tez kunlarda yana o`nta ana shunday moslamalar keltirilishi kutilmoqda. Tez orada Oltinko`ldagi ushbu bog`da 500 kishiga mo`ljallangan suvli ko`ngilochar maskan – yopiq akvapark ham foydalanishga topshiriladi.

Qisqasi Oltinko`z tumanidagi mazkur dam olish maskanining eshigi hamisha kattayu kichik uchun ochiq.

    Boshqa yangiliklar