Amerikaning Rod-Aylend shtatidagi Vesterli shahri aholisi dengiz qirg`og`idan uch metr narida joylashgan, beton bilan qoplangan, sakkizta metall “oyoqli” sirli jismdan hayratga tushdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Mahalliy qurilish kompaniyasi xodimlari g`alati “robot”ni joyidan siljitishga harakat qilib ko`rishdi. Ammo mazkur jism og`ir bo`lganligidan uni qimirlatishning iloji bo`lmadi.
Plyajga tashrif buyurgan odamlar mazkur topilmadan hayratga tushdi. Ularning aytishicha, o`tgan yili bu erda hech nima bo`lmagan. Plyaj xavfsizligiga javobgar bo`lgan Piter Brokmanning ma`lumot berishicha, Rod-Aylend Universiteti okeanograflarining fikriga ko`ra, bu g`alati qurilma harbiylarning dengiz to`lqinini va kemaning suvga botib turish darajasini kuzatuvchi maxsus asbobning bir qismidir.
Hozircha g`alati “robot” haqida boshqa taxmin ilgari surilmadi.






