Amerikalik mashhur pop-xonanda, aktrisa, qo`shiqlar muallifi va prodyuser Madonna bugun 59 yoshga kirdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
U mazkur yo`nalishda mashhurlikka erishgan ilk musiqachi ayoldir. Xonandaning to`liq ismi-sharifi — Madonna Luiza Veronika Chikkonedir. U 90 yillarda kinoda turli obrazlarni yaratdi. Madonna mashhur — “To`rt xona”, “Evita”, “Haqiqiy do`st” kabi filmlarda turli obrazlarda namoyon bo`lgan. Shu bilan birga aktrisa “Jeyms Bond” serialida qilichbozlik bo`yicha murabbiy rolini o`ynagan. Madonna o`zini rejissyorlikda ham sinab ko`rgan.
Madonna ikki marotaba turmushga chiqqan, u ilk marotaba aktyor va rejissyor Shon Pennga, ikkinchi marta esa Gay Richiga turmushga chiqqan. Xonandaning to`rt farzandi bor, ularning ikki nafari asrandi bolalardir.
Tanqidchilar xonandani janjalkashlikda, axloq-odob qoidalariga rioya qilmaslikda ayblaganlariga qaramay, bu Madonnaning muxlislari sonining kamayishiga ta`sir qilolmadi. Madonnaning muxlislari uning konsertiga borishni, ijtimoiy tarmoqlar orqali hayotini kuzatishni bir nafasga bo`lsa-da, to`xtatmaydi. Facebook sahifasining o`zida xonandaning 18 milliondan ortiq kuzatuvchisi mavjud.






