Yaponiyaning bioterapiya tadqiqot markazi tasodifan erimaydigan muzqaymoqni yaratdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Hammasiga bosh oshpazning 2011 yilda Yaponiyaning sharqiy qismida yashovchi, zilzila va sunami tufayli hosili zarar ko`rgan fermerlarga yordam berish maqsadida, qulupnaydan olingan polifenol suyuqligidan desert yaratishni iltimos qilgani sabab bo`ldi.
Tadqiqot vaqtida qandolatchi qulupnay polifenoli qo`shilgan sutli kremning tezda qotib qolayotganligidan shikoyat qildi. Ular o`zlari bilmagan holda jahon miqyosidagi ixtironi yaratganliklarini avvaliga anglashmadi.
“Suyuq polifenol suv va yog`ning parchalanishini qiyinlashtirish xususiyatiga ega, shuning uchun ham u ilk shaklini uzoq saqlaydi” - dedi Kanadzava universiteti professori Tomixisa Ota.
Highsnobiety nashrining ma`lumot berishicha, polifenol ta`sirida muzqaymoq quyosh tig`i ostida 5 daqiqa davomida ham erimaydi. RocketNews24 portali jurnalistlari esa uch soatdan keyin muzqaymoq qanday holatga kelishini videoga olishdi.






