AsosiyJamiyat

​AQSh POLISIYaSI NYu-YORKDA YO`QOLIB QOLGAN O`ZBEKISTONLIK FUQARONI QIDIRMOQDA

'​AQSh POLISIYaSI NYu-YORKDA YO`QOLIB QOLGAN O`ZBEKISTONLIK FUQARONI QIDIRMOQDA'ning rasmi

AQShning Nyu-York shahrida polisiya va ko`ngillilar guruhi bedarak yo`qolgan O`zbekiston fuqarosi Sobir Ahmedovni qidirmoqda. Otaxon 1958 yilda tug`ilgan bo`lib, u AQShga qarindoshlarini yo`qlab kelgan, deya xabar berdi "Uzbekistan24.uz" ForumDaily nashriga asoslanib.

Aniqlanishicha, toshkentlik fuqaro Amerikadagi qizining oldiga uchib borgan. Aeroportdan taksiga o`tirib, Chayna Taundan Ogayo shtatiga chipta sotib olish uchun avtobus bekatigacha kelgan. Avtobusni kutish vaqtida sayrga chiqishni xohlab qolgan va bedarak yo`qolgan.

Hozirda Sobir Ahmedov Nyu-York shahrida rasman qidiruvga berilgan.

    Boshqa yangiliklar