2017 yilning 7 avgustdan 8 avgust kuniga o`tar kechasi, noma`lum shaxs, Uchtepa tumani hududida, fuqaro Gafurov Erkin Kabilovichga tegishli bo`lgan “Matiz-best” rusumli avtomashina qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, uni olib qochgan.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur avtomashina Uchtepa tumani, Chilonzor-30 mavzesidan topilgan. Shuningdek mazkur jinoyatni voyaga etmagan Yusupjonov G`iyosjon Burxonjon o`g`li sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.






