Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev o`tgan yilning oxirlarida saylovchilar bilan uchrashuv chog`ida joylarda turli dam olish maskanlari qurilishi to`g`risida so`z ochgandi. Ayni paytda ana shu va`dalar bajarilmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida barcha viloyatlarda yangi ob`ektlar ishga tushirilmoqda. Bunday yangiliklar bolajonlarga ham katta quvonch bag`ishlamoqda.
Joriy yilning 12 avgust kuni Andijon viloyatining Oltinko`l tumanida “Oltin soy” bog`i foydalanishga topshirildi. 5,5 gektar maydonni egallagan mazkur maskanda dam olish, madaniy hordiq chiqarish, sport bilan shug`ulanish uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.
Ayni paytga qadar ushbu mintaqada mavjud bo`lmagan g`aroyib attraksionlar nafaqat bolalar, hattao kattalarni ham hayratga solmoqda. Qisqasi, bu erga tashrif buyurganlarning har biri o`z ta`biga yarasha ko`ngil yozishi, zavq-shavq olishi mumkin.
Bog`da ochilgan kafeda istalgan turdagi shirinliklardan bahramand bo`lish mumkin. Bog`dagi musiqiy favvoralarni ko`rgan insonning ko`zi quvnaydi. Shu bilan birga bu erda turli tadbirlarni o`tkazish, konsert dasturlari uchun yozgi amfiteatr ham qurilgan.
Soya-salqin daraxtlar panasida turgan so`rilar yoshi katta mehmonlar uchun ham maroqli hordiq chiqarishga sharoit yaratadi. Yosh kelin-kuyovlar uchun esa, romantik suratlarga tushish imkonini beruvchi manzaralar yaratilgan. Har tomoni suv bilan o`rab olingan bu maskan salqin va xushhavo bo`lishi bilan birga, o`ta maftunkor va hayratomuz manzara kasb etgan.
Mazkur yirik loyihani amalga oshirish uchun 5 oy vaqt sarflandi. Bu muhtasham maskan O`zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan xitoylik hamkorlar ko`magida qurib bitkazildi. Shuningldek, Xitoydan 22 dona attraksion ham keltirildi. Tez kunlarda yana o`nta ana shunday moslamalar keltirilishi kutilmoqda. Tez orada Oltinko`ldagi ushbu bog`da 500 kishiga mo`ljallangan suvli ko`ngilochar maskan – yopiq akvapark ham foydalanishga topshiriladi.
Qisqasi Oltinko`z tumanidagi mazkur dam olish maskanining eshigi hamisha kattayu kichik uchun ochiq.
Gulnora Ahmedova, Oltinko`z tumanidag 49-maktab o`qituvchisi:
-Bizning Oltinko`l tumanimizda bugun katta bayram. Bugun ota-onalarnig ham, bolalarning ham yuzlarida cheksiz quvonch. Bog`dagi ko`ngilochar tomoshalar barchaga bitmas-tuganmas quvonch ulashmoqda. Bugun biz ushbu boqqa o`z hamkasblarimiz va o`quvchilarimiz bilan keldik. Ularning ijrosidagi she`rlar, kuy-qo`shiq va raqslar barchaga xush kayfiyat ulashdi. Mana shunday qulayliklarni yaratib berishgani uchun hukumatimizga, viloyat va tuman rahbarlariga minnatdorchilik bildiramiz. Vatanimizning har bir burchagida ana shunday xursandchilik barq urib tursin.







