“O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazmalar majmuida “kitob olami – 2017” I xalqaro ixtisoslashtirilgan ko`rgazmasi, “bolalik dunyosi – 2017” II xalqaro bolalar va o`smirlar uchun mo`ljallangan mahsulot va xizmatlar ko`rgazmasi hamda “sport olami – 2017” VI ixtisoslashtirilgan ko`rgazmasi ish boshladi, deb xabar berdi O`zA.
Mazkur ko`rgazmalarda oltmishga yaqin mahalliy va
xorijiy korxona va tashkilotlar, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohasidagi
tadbirkorlik sub`ektlari o`z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda. kitob
mahsulotlari, bolalar va o`smirlar uchun mo`ljallangan oziq-ovqat, kiyim-kechak,
turli o`yin jihozlari va o`yinchoqlar, o`quv qo`llanmalari, sport inventarlari va
jihozlari, sport kiyimlari va sport ozuqa mahsulotlari namoyish etilmoqda.






