37 yoshli britaniyalik Charlz Plask bundan bir yil ilgari 200 kilogramm vaznga ega edi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Erkak vaznining uchdan bir qismini yo`qotgach, so`nggi 20 yil mobaynida ilk marotaba vanna qabul qildi. Plask yaqin do`stida saraton kasalligi aniqlangach, sog`ligi bilan shug`ullanishga qaror qildi.
“Do`stimning bedavo dardga yo`liqqanini eshitib, sog`ligim bilan jiddiy shug`ullanishga qaror qildim. Biroq ozishimning yagona sababi bu emas. Bir kuni kechasi karavotimdan turayotganimda tizza sohamda yoqimsiz g`irchillash eshitildi. Bundan o`takam yorildi. Tizza kosasi vaznimni ko`tara olmay, yorilib ketgan ekan”, deydi Charlz.
Shifokorlar Plaskka oshqozonini operasiya qilib kichraytirishni, shu bilan birga lipoksasiya qilishni taklif qilishdi. Biroq Charz tabiiy yo`l bilan ozishga harakat qildi. U tana mashqlari kompleksi bilan birga qat`iy parhezga amal qildi. Uning sa`y-harakatlari tez orada o`z samarasini ko`rsatdi. Charlz 20 yil mobaynida ilk marotaba vanna qabul qildi .U ilgarilari semizligidan vannaga sig`masdi, samolyotda parvoz qilish uchun ikki kishilik chipta olishga majbur edi.
Charlz ozishida yordam bergan do`stlariga, qarindoshlariga, sevgan qiziga minnatdorchilik bildirdi. “Bir umr yolg`iz o`tsam kerak, deb o`ylardim. Ammo yaqinda juftimni topdim. Men judayam baxtliman!”, dedi Charlz Plask.






