Bugun London shahrida yong`inga qarshi signalizasiya ishlab ketgani bois Xolborn metro bekati yopildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
TfL Tvitter akkauntida bekat yopilishiga “poezdning buzilgani” sabab bo`lganligini ma`lum qildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “metro bekatida qattiq qasirlagan ovoz chiqqanligi, hamma joyni tutun qoplagani uchun bekatdagilar evakuasiya qilingani” haqida yozishdi.
TfL sayti bergan ma`lumotga ko`ra, markaziy tarmoqdagi Rayslip Gardens va G`arbiy Rayslip bekatlari orasidagi poezdlar harakati to`xtatilgan. Saytning xabar berishicha, metroning boshqa tarmoqlarida ham poezdlar qatnovi to`xtatilgan.






