O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi PQ-3208-son qaroriga muvofiq Maxmud Shuxratovich Istamov O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlatimiz rahbari rasmiy saytida ma`lum qilindi.
Bugunga qadar, Maxmud Shuxratovich Istamov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmatining sud-huquq sohasidagi qonunchilik sho``basi rahbari vazifasini bajargan.






