ASIAN FIGHT-2017 Xalqaro turniri kundaligi turkumidan ko`rsatuvlar suratga olinmoqda.
Telemahsulotlar sport jurnalisti Jamshid Hojiakbarov va rejissyor Umid Normurodovlar tomonidan tayyorlanmoqda.
Hozirga qadar Jan Klod Van Damm hamda Jeff Monson haqida filmlar yaratildi. Yaqin fursatlarda Fyodor Emelyanenko, so`ngra O`zbekiston terma jaomasi nomidan turnirda ishtirok etuvchi har bir sportchi haqida ko`rsatuvlar tayyorlanishi ko`zda tutilgan.
Hozirda xalqaro tadbirga tayyorgarlik juda qizg`in kechmoqda.
Xalqaro turnir 9 sentyabr kuni Toshkentning “Bunyodkor” stadionida O`zbekiston Penchak Silat federasiyasi va “Sunrise Entertainment” MChJ bilan hamkorligida o`tkaziladi.






