12.11.2013 09:42
Hisoblagich o`rnatmagan shaxslar issiqlik va suv ta`minoti uchun ko`proq xaq to`laydilar
Mazkur hujjat markazlashtirilgan issiqlik ta`minotida manbalarni iqtisod qilish hamda aholiga issiqlikni uzilishlarsiz etkazish sifatini yaxshilash maqsadida tasdiqlandi. Hujjatda ta`kidlanishicha, Qoraqalpog`iston respublikasi, viloyat va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan issiqlik ta`minoti tashkilotlarining faoliyatini samarali tashkillashtirish bo`yicha avval qabul qilingan choralar, shuningdek “O`zkommunxizmat” o`zbek agentligining kommunal xizmat ko`rsatish sohasidagi qabul qilingan me`yoriy-xuquqiy hujjatlari va metodik qo`llanmalari qoniqarsiz deb topilgan. Qarorda aytilishicha, “O`zbeneftgaz” MXK, “O`zbekenergo” DAK issiqlik ta`minlovchi tashkilotlari o`rtasidagi qarzdorlik aktlari solishtirib chiqilishi tashkil etilgan. Shu munosabat bilan Qaroda issiqlik ta`minoti tashkilotlarining samarali faoliyatini ko`tarish va moliyaviy ahvolini yaxshilash borasida chora-tadbirlar majmuasi tasdiqlangan, deb xabar beradi[url=http://norma.uz/]Norma.uz. Mazkur majmua issiqlik ta`minoti tizimini yangilash va modernizasiya qilish, zamonaviy energotejovchi texnologiyalarni kiritish, hisobga olish va hisobot tizimlarini takomillashtirishni tashkil etish, shuningdek aholi o`rtasida hisob-kitob uskunalarini iqtisodiy va ekologik ahamiyatini tushuntirish bo`yicha ishlar olib borish ko`zda tutilgan. Mazkur hujjatlarni yangilash bo`yicha 2014-2015 yillarda Dastur ishlab chiqish, uning doirasida 34 ta hujjat ishlab chiqish rejalashtirilgan. Hujjatda aholi va yuridik shaxslarning issiqlik va suvta`minoti sohasida yangi hisob-kitob tizimini kiritish ko`zda tutilgan. Shunday qilib 1 dekabrdan e`tiboran yangi iste`molchi (abonentlar)ni issiqlik bilan ta`minlaydigan uskunalarni hisoblagichlarini o`rnatmasdan turib ulash ta`qiqlanadi; Hisoblagich o`rnatmagan yuridik shaxslardan issqilik energiyasi uchun o`rnatilgan tarifning ikki barobar ko`proq qiymatida to`lov olinadi; Elektron hisoblagichi yo`q aholiga ko`rsatilayotgan issiq va sovuq suv to`lovlari o`rnatilgan tariflardan 1,5 k yuqori bo`lgan qiymatda olinadi; Hujjatga asosan kam ta`minlangan mahallalardan moddiy yordam pullari oladigan oilalarga mazkur elektron hisoblagichlar kommunal xizmatni etkazib beruvchi tashkilot hisobidan o`rnatib berish topshirilgan.





