AsosiySiyosat

Korrupsiyaga qarshi nazorat tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident qarorlari bilan davlat boshqaruvi organlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sohasida qator yangi lavozimlar belgilab berildi.

'Korrupsiyaga qarshi nazorat tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

Jumladan:

Otabek Turdimuhammadovich Rahmonov Bosh vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi; u Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Bahodir Zokir o‘g‘li Normurodov Bosh prokurorning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi; u Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati shu‘ba mudiri lavozimidan ozod qilindi.

Jalol Jabborovich Qurbonov Iqtisodiyot va moliya vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; u Prezident Administratsiyasi Kantselyariyasi mudiri lavozimidan ozod qilindi.

    Boshqa yangiliklar