12.11.2013 09:37
2014 yilda O`zbekistonda 5-6 balli ikkita zilzilani bashorat qilishdi
Zilzilalar prognozi Dasturi doirasida tayyorlangan mazkur reyting Evroosiyo qit`asida bo`lishi ehtimoli mavjud bo`lgan kuchli zilzilalar asosida tayyorlangan.
[url=http://podrobno.uz/cat/obchestvo/reyting-prognoz+zemletryaseniy/]Podrobno.uzning loyiha xodimlariga tayanib xabar berishicha, mamlakatimizdagi birinchi zilzila joyi Aydarko`ldan janub va janubi-sharq tomonda bo`lib, uning kuchi 5,0-5,6 ballni tashkil qiladi. Farg`ona vodiysi bu borada uncha faollik ko`rsatmaydi. Bu erdagi er silkinishining kuchi 5 balldan yuqorini tashkil qilmaydi.
Reyting-prognozchilarning aytishlaricha mazkur reytingga kichik va o`rtacha kuchdagi zilzilalar kiritilmagan, faqat kuchlilari inobatga olingan.
Reyting-prognoz “Samoviy patrul” va “Kaskad” dasturlari ma`lumotlari asosida tayyorlandi.
Ro`yhatning birinchi o`rnidan Shimoliy Eron kuchi 6,3-7,0 zilzila ehtimoli bilan joy oldi. Reytingning ikkinchi o`rnidan Ozarbayjon va Turkmaniston (5,8-6,5), uchinchi pog`onasidan esa Tojikiston joy oldi. Bu erdagi zilzila qurilayotgan Rog`un GESi yaqinida ro`y berishi bashorat qilingan.





