AsosiyJamiyat

TOShKENTDA O`SPIRINLAR O`RTASIDA KELIB ChIQQAN JANJALDA ULARDAN BIRI JAROHATLANDI

'TOShKENTDA O`SPIRINLAR O`RTASIDA KELIB ChIQQAN JANJALDA ULARDAN BIRI JAROHATLANDI'ning rasmi

2017 yilning 29 iyun kuni taxminan soat 15:10larda, voyaga etmagan Akbarov Xalilillo G`ofurjon o`g`li, Uchtepa tumani hududida voyaga etmagan Alimov Bexruz Shavkatilla o`g`li bilan o`rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, unga o`tkir tig`li jism bilan og`ir tan jarohatini etkazgan.

Natijada B.Sh.Alimov, qorin sohasi teshib kiruvchi sanchilgan-kesilgan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan, deb yozadi Toshkent shahar IIBB.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar