AsosiySport

AUDI CUP. “ATLETIKO” KIChIK HISOBDA “NAPOLI”DAN USTUN KELDI (VIDEO)

'AUDI CUP. “ATLETIKO” KIChIK HISOBDA “NAPOLI”DAN USTUN KELDI (VIDEO)'ning rasmi

Myunxenda bo`lib o`tayotgan «Audi Kap» musobaqasining dastlabki yarim final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Myunxendagi «Alyans-Arena» mezbonlik qilgan uchrashuvda «Atletiko» «Napoli»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g`alaba qozondi.

Avvaliga «Napoli» hujumchisi Arkadiush Milik penaltidan gol ura olmagan bo`lsa, 56-daqiqada Xose Kalexon italiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Ammo 72-daqiqada Fernando Torres hisobni tenglashtirdi, oradan 10 daqiqa o`tib Lusiano Vetto madridliklarga g`alaba keltirgan gol muallifi bo`ldi.

«Atletiko» «Audi Kap» finalida 2 avgust kuni bo`lib o`tadigan «Bavariya» — «Liverpul» uchrashuvi g`olibiga qarshi maydonga tushadi.

Boshqa yangiliklar