AsosiyJamiyat

TELEGRAM ORQALI PUL O`TKAZISh XIZMATI IShGA TUShDI

'TELEGRAM ORQALI PUL O`TKAZISh XIZMATI IShGA TUShDI'ning rasmi

Click to`lov tizimi (inline bot) boti o`rnatilganini ma`lum qildi. Endi uning yordamida Telegram-chatda suhbatdoshlar bir-birlariga plastik karta orqali pul o`tkazishlari mumkin.

Xabarda ta`kidlanishicha, pul o`tkazmasini amalga oshirish uchun chatdagi 2 kishi @clickuz deb yozib, probeldan keyin pul o`tkazmasi summasini ko`rsatishi lozim. Keyin bot suhbatdoshdan ko`rsatilgan summani o`tkazishni tasdiqlashni so`raydi. Mazkur operasiyani tugatish uchun bor yo`g`i bir juft Click kerak bo`ladi.

Pul o`tkazishning eng kam miqdori 5000 so`mni tashkil etadi. Operasiyani muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish uchun har ikki suhbatdosh @clickuz botidan ro`yxatdan o`tgan bo`lishi lozim.

    Boshqa yangiliklar