BAAning "Al Jazira" jamoasiga ko`chib o`tgan hamyurtimiz Sardor Rashidov yangi jamoasi tarkibida gol urdi. Bu haqda SA xabar bermoqda.
Kecha "Al Jazira" Gollandiyaning "Fortuna Sittard" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o`tkazdi. Murosasiz kechgan o`yinda Rashidovning jamoasi raqiblariga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ushbu o`rtoqlik bahsida Sardor Rashidov 45 daqiqa harakat qildi va raqiblar darvozasini 1 marotaba ishg`ol qildi.






