AsosiyJamiyat

Bitiruvchilarning biznes g`oyalarini moliyalashtirishga banklar tomonidan 69 mlrd. so`m ajratildi

Milliy matbuot markazida Markaziy bank tomonidan “Kollej bitiruvchilarini ish bilan ta`minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalar” mavzuida matbuot anjumani o`tkazildi.

Tadbirda yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ularning ish bilan bandligini ta`minlash borasida kompleks choralar ko`rilayotganligi ta`kidlandi.

Joriy yilning o`tgan davr mobaynida tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub`ektlariga taqdim etilgan 690 ta imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar bo`yicha jami 66,4 mlrd so`m miqdorida kreditlar ajratildi, shundan 419 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 9,2 mlrd so`mlik, 149 nafar tadbirkor ayollarning 7 mlrd so`mlik biznes loyihalari moliyalashtirildi.

Shu bilan birga ta`lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta`minlanayotgan biznes sub`ektlar moliyaviy qo`llab-quvvatlanmoqda. Tijorat banklari tomonidan bitiruvchilarning biznes g`oyalarini moliyalashtirishga shu yilning o`tgan 7 oyida 69 mlrd. so`m yoki o`tgan yilning mos davridagiga nisbatan 2,6 barobar ko`p kreditlar ajratilgan.

Ta`kidlash o`rinliki, ushbu kreditlar ularga soddalashtirilgan tartibda (ariza, biznes-reja, garov ta`minoti etmasa –yaqin qarindoshlarining kafolatiga asosan) taqdim etilmoqda.

Amalga oshirilgan keng ko`lamli chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subektlariga ajratilgan kreditlar hajmi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar oshib, shu yil 1 avgust holatiga ko`ra 4,3 trln. so`mni tashkil etdi.

Jumladan, mikrokreditlar hajmi 867 mlrd. so`mni tashkil etib, bu ko`rsatkich ham o`tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,4 barobar oshishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar