Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasining CAFA U-15 Boys Tournament musobaqasining 2-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
Dastlab Afg`oniston va Qirg`iziston o`smirlar terma jamoasi o`zaro bahs olib bordi. Unda afg`onistonlik futbolchilar 3:1 hisobida g`alaba qozondi.
O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi bu turda Turkmaniston U-15 termasi bilan kuch sinashib, 6:2 hisobida zafar quchdi. O`zbekistonlik futbolchilar mazkur muvaffaqiyatni kecha, 4 iyul kuni 70 yillik yubileyini nishonlagan O`FF prezidenti Mirabror Usmonovga tug`ilgan kun sovg`asi sifatida yo`lladi.
Turnirning ikkinchi turidan keyin O`zbekiston U-15 terma jamoasi 6 ochko bilan yaxshiroq to`plar nisbati bo`yicha 1-o`rinda bormoqda. Xuddi shuncha ochkoga ega bo`lgan Afg`oniston o`smirlari ikkinchi pog`onada bormoqda.
CAFA U-15 Boys Tournament
Tojikiston, Dushanbe
4 iyul, seshanba
O`zbekiston U-15 – Turkmaniston U-15 — 6:2
Gollar: Bektemir Abdumannonov (42, penalti), Hemra Gujikov (avtogol, 44), Bo`ronbek Mirzasalimov (46, 77), Nurbek Ahrorbekov (50), Jasur Qahhorjonov (62) – Timur Polvonov (58), O`raz O`razov (75).
Chetlatish: Timur Toirov (41)
O`zbekiston U-15: Sarvar Yo`ldoshev, Nurbek Ahrorbekov, Abdumutal Rajabboev (Abduvohid G`aniev, 55), Bektemir Abdumannonov (Bo`ronbek Mirzasalimov, 46), Sultonbek Nekboev (Asilbek Daminov, 50), Jasur Qahhorjonov (Ikrom Erkinov, 68), Diyor Xolmatov (Jaloliddin Sodiqov, 46), Alibek Davronov, Saidumarxon Sodiqov, Abdujabbor Zuhriddinov, Husain Norchaev.
Turkmaniston U-15: Sardor Rovshanov, Timur Toirov, Hemra Gujikov, Azim Qilichmurodov, Mardon Choriev, O`raz O`razov, Sherdurdi Omondurdiev, Yunus Boboev (Vepa Egamberdiev, 52), Meylis Durdiev (Tayanch Meredov, 64), Ahmet Nurmetov (Odilbek Ravshanov, 75), Yunus Murodov (Timur Polvonov, 53).
| № | Jamoa | O` | G` | D | M | T/N | O |
| 1 | O`ZBEKISTON | 2 | 2 | 0 | 0 | 9-3 | 6 |
| 2 | Afg`oniston | 2 | 2 | 0 | 0 | 6-2 | 6 |
| 3 | Tojikiston | 1 | 0 | 0 | 1 | 1-3 | 0 |
| 4 | Turkmaniston | 1 | 0 | 0 | 0 | 2-6 | 0 |
| 5 | Qirg`iziston | 2 | 0 | 0 | 2 | 2-5 | 0 |






