Bugun, 4 iyul kuni O`zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Usmonov Mirabror Zufarovich 70 yoshni qarshi oldi. Qutlug` ayyom munosabati bilan FIFA prezidenti Janni Infantino hamda OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Halifa Mirabror Usmonovga tabrik xati yo`lladi.
“Tug`ilgan kuningiz bilan tabriklayman! Ushbu ajoyib kunda eng ezgu niyatlar bilan sizga omad, baxt, sog`liq va muvaffaqiyat tilayman. Umid qilamanki, bu kunni siz oila va do`stlaringiz davrasida o`tkazasiz”, – deyiladi FIFA prezidenti Janni Infantino maktubida.

“Tug`ilgan kuningiz muborak bo`lsin! Katta hurmat bilan sizga eng yaxshi niyatlarni tilab, mintaqada futbol rivojiga qo`shayotgan hissangiz uchun minnatdorchilik bildiraman. One Asia, One Goal shiori ostidagi barcha maqsadlarimizga erishish yo`lida o`zaro hamkorlikni davom ettirishimizga umid qilib qolaman. Sizga sog`liq va muvaffaqiyat tilayman”, – deyiladi OFK prezidenti xatida.






