AsosiySport

Samarqandning “Dinamo” klubi — O`zbekiston Kubogining ilk yarim finalchisi

'Samarqandning “Dinamo” klubi — O`zbekiston Kubogining ilk yarim finalchisi'ning rasmi

O`zbekiston Kubogi chorak final javob uchrashuvi doirasida «Dinamo» Muborakda «Mash`al»ni mag`lub etib, dastlabki yarim finalchi jamoaga aylandi.

Uchrashuvni hujumkor boshlagan mehmonlar 39-daqiqaga kelib hisobni ochishdi. Samarqandliklar hujumchisi Amirjon Safarovning goli «Dinamo»ni tanaffusga g`alaba bilan chiqib ketishini ta`minladi, 0:1.

Ikkinchi bo`limni esa kutilganidek mezbonlar hujumkor boshlashdi. Natijada 53-daqiqada himoyachi Asiljon Begimqulov o`z goli bilan muvozanatni tikladi, 1:1.

Goldan keyin ruhni tushirmay, hujumkorlikka intilgan «dinamochilar» ko`p o`tmay, yana o`z niyatlariga etishishdi. O`yin qoidasi buzilgani uchun belgilangan penaltini zaxiradan maydonga tushgan Sardor Sulaymonov aniq amalga oshirdi, 1:2.

Qolgan yarim soat vaqt davomida har ikki jamoa ham hujumkor o`yin namoyish etgan bo`lsada, «Dinamo» himoyada barqaror o`yin namoyish etib, Muborakdan g`alaba bilan qaytishga muyassar bo`ldi.

Dastlabki uchrashuvda Samarqandda 0:1 hisobida mag`lub bo`lgan jamoamiz, mehmonda urilgan gol evaziga 16 yilda ilk marta O`zbekiston Kubogi yarim finaliga yo`llanma olishdi. Endi jamoamiz final uchun kurashda «Bunyodkor» - «Neftchi» o`yini g`olibiga qarshi o`yin o`tkazishadi.

O`zbekiston Kubogi, 1/4 final

Javob uchrashuvi, 4 iyul

«MASh`AL» - «DINAMO» - 1:2

Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), Sh. Rajabov (Buxoro).

Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Gollar: Asiljon Begimqulov 53 - Amirjon Safarov 39, Sardor Sulaymonov 60 pen.

«Mash`al»: 35. Javohir Ilyosov, 2.Iskandar Shoyqulov (18. Shodmonov Abbos, 46), 16. Safarov Maradona,13.Shaxzod Shaymanov, 31.Igor Timanyuk, 44.Asiljon Begimqulov, 55.Avaz Agaliev, 90.Zafar To`raev (23. To`reav Kenja, 70). 17. Vladislav Pavlenko, 77. Abdulloh Olimov (8. Mirzakamol Kamolov, 83), 19. Zohir Qo`ziboev.

«Dinamo»: 27. Temur Jo`raev, 2. Mirkomil Lokaev, 4. Hakimxon A`lamxonov (9. Sardor Sulaymonov, 55), 5.Firdavs Abdusalimov, 6. Akmal Bozorov, 8. Jasur Azimov, 14. Radu Rogak, 15. Shohruxbek Xolmatov, 19. Orifjon Mamajonov, 20. Amirjon Safarov, 26. Saidjamol Davlatjonov (10. Javohir Qaxramonov, 55).

Birinchi uchrashuv: 1:0.

Boshqa yangiliklar