AsosiySport

Plyaj futboli: O`zbekiston jahon reytingida 1 pog`ona yuqoriladi

'Plyaj futboli: O`zbekiston jahon reytingida 1 pog`ona yuqoriladi 'ning rasmi

Plyaj futboli bo`yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e`lon qilindi. Unga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi 169 ochko bilan jahon reytingida 59-pog`onadan joy oldi, deb ma`lum qilmoqda O`FF matbuot xizmati.

O`zbekiston termasi avvalgi ko`rsatkichga nisbatan 1 pog`ona ko`tarildi. Osiyo mintaqasi terma jamoalari orasida O`zbekiston 11-o`rinda qoldi. OFKga a`zo mamlakatlar reytingida Eron termasi 3208 ochko bilan etakchilik qilayotgan bo`lsa, Yaponiya (1759) va BAA (1425) kuchli uchlikka joylashdi.

OFKga a`zo mamlakatlar reytingining dastlabki 15 pog`onasi quyidagicha ko`rinish olgan:

1 (3). Eron – 3208 ochko

2 (9). Yaponiya – 1759 ochko

3 (10). BAA – 1425 ochko

4 (14). Ummon – 1086 ochko

5 (23). Livan – 711 ochko

6 (35). Tailand – 458 ochko

7 (41). Xitoy – 375 ochko

8 (45). Bahrayn – 311 ochko

9 (46). Vetnam – 296 ochko

10 (52). Afg`oniston – 235 ochko

11 (59). O`zbekiston – 169 ochko

12 (60). Qatar – 160 ochko

13 (70). Malayziya – 102 ochko

14 (78). Iroq – 86 ochko

15 (83). Laos – 76 ochko

Izoh: Qavs ichida terma jamoalarning dunyo reytingidagi o`rni ko`rsatilgan

Braziliya 4658 ochko bilan plyaj futboli bo`yicha jahon reytingida peshqadamlikni saqlab qoldi. Portugaliya 3751 ochko bilan ikkinchi o`rinda borayotgan bo`lsa, Osiyo peshqadami Eron dunyo reytingida kuchli uchlikka kirdi.

Ma`lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil iyul oyidan 2017 yil iyun oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.

Boshqa yangiliklar