Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasining CAFA U-15 Boys Tournament musobaqasi 1-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.
Avval xabar berilganidek, O`zbekiston o`smirlar termasi Qirg`iziston U-15 futbolchilari bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g`alaba qozongandi.
Turning ikkinchi o`yinida mezbon Tojikiston va Afg`oniston o`smirlari bahs olib bordi. O`zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqaruvida o`tkazilgan o`yinda afg`onistonlik yosh futbolchilar 3:1 hisobida g`alaba qozondi.
1-turdan keyin Afg`oniston o`smirlar termasi to`plar nisbati bo`yicha yaxshiroq natija qayd qilgan holda 1-o`rinda bormoqda. O`zbekiston U-15 termasi hozircha ikkinchi o`rinni egallab turibdi.
CAFA U-15 Boys Tournament
Tojikiston, Dushanbe
3 iyul, dushanba
Afg`oniston U-15 – Tojikiston U-15 — 3:1
Gollar: Fardin Nosiri (2), Sayid Ashgur Husayni (83, 90+6) – Fayziddin Nazarov (41)
Ogohlantirish: Fardin Nosiri (7)
Bosh hakam: Jasur Muxtorov (O`zbekiston).
Qanot hakamlari: Baxtiyor Shavkatov, Sultonmurod Ulfatov (ikkisi – O`zbekiston).
Zaxira hakami: Spartak Danilenko (Qirg`iziston).
| № | Jamoa | O` | G` | M | D | T/N | O |
| 1 | Afg`oniston | 1 | 1 | 0 | 0 | 3-1 | 3 |
| 2 | O`ZBEKISTON | 1 | 1 | 0 | 0 | 2-1 | 3 |
| 3 | Turkmaniston | 0 | 0 | 0 | 0 | 0-0 | 0 |
| 4 | Qirg`iziston | 1 | 0 | 0 | 1 | 1-2 | 0 |
| 5 | Tojikiston | 1 | 0 | 0 | 1 | 1-3 | 0 |






