Fransiyaning “Monako” klubi Gollandiyaning “Feyenoord” jamoasi himoyachisi Terens Kongoloni sotib olganini e`lon qildi.
23 yoshli futbolchi monegaskliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Yakunlangan mavsumda Kongolo Gollandiya chempionatida 23 o`yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urib, yana shuncha golga assistentlik qildi.
Iqtidorli futbolchi “Feyenoord” bilan Gollandiya chempionligini qo`lga kiritdi.






