AsosiySport

Rasman: “Roma” Maksim Gonalonni “Lion”dan sotib oldi

'Rasman: “Roma” Maksim Gonalonni “Lion”dan sotib oldi'ning rasmi

Italiyaning “Roma” klubi Fransiyaning “Lion” jamoasi yarim himoyachisi Maksim Gonalonni o`z safiga qo`shib olganini e`lon qildi.

“Bo`rilar” Gonalon bilan 4 yillik shartnoma tuzishdi. “Lion” tarbiyalanuvchisi uchun rimliklar 5 mln evro to`lagani aytilmoqda.

Gonalon 1999 yildan buyon “Lion” strukturasida to`p surib kelayotgan edi. U shu vaqtga qadar jamoa safida 300 ga yaqin o`yin o`tkazib, 28 bor gol kiritishga erishgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar