AsosiySport

Germaniya termasi afsonasi Yaponiya klubiga o`tdi

'Germaniya termasi afsonasi Yaponiya klubiga o`tdi'ning rasmi

Turkiyaning “Galatasaroy” klub hujumchisi Lukas Podolski faoliyatini Yaponiyada davom ettiradigan bo`ldi.

Germaniyalik futbolchini J-liganing “Vissel Kobe” jamoasi o`z safiga qo`shib oldi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar bermoqda. Forvard ushbu jamoada 10-raqamda faoliyat olib boradigan bo`ldi.


Ma`lumot uchun, “Vissel Kobe” ayni paytda Yaponiya chempionatida 23 ochko jamg`argan holda 11-o`rinda bormoqda. Fozil Musaev to`p tepayotgan “Jubilo Ivata” esa 7-pog`onani band etgan.

Boshqa yangiliklar