AsosiyDunyo

​Ongli ravishda islom dinini qabul qilgan 7 mashhur yulduz

'​Ongli ravishda islom dinini qabul qilgan 7 mashhur yulduz'ning rasmi

Yulduzlar turli sabablarga ko`ra o`z dinlarini o`zgartiradi, deb xabar berdi Interesno.cc nashri.

Ba`zida ularning bunday yo`l tutishiga haqiqiy e`tiqod sabab bo`lsa, ba`zilari esa turmush o`rtoqlariga bo`lgan muhabbatlari tufayli shunday yo`l tutishadi. Quyida sizni ongli yoshda islom dinini qabul qilgan yulduzlar bilan tanishtiramiz.

Mayk Tayson

Butun dunyoga mashhur Mayk Tayson butun karerasi davomida ne bir hunar ko`rsatmadi. U zo`rlash jinoyatini sodir etgandan keyin 3 yil qamoqda o`tirdi. Jazoni o`tab, qamoqdan qaytgach, islom dinini qabul qildi. Uning so`zlariga qaraganda, islom dinini qabul qilgandan keyin hayoti tubdan o`zgargan.

Janet Jekson

Mashhur xonanda Maykl Jeksonning singlisi JanetJekson qatarlik milliarder Uisamm Al-Managa turmushga chiqqach, erini qo`llab-quvvatlash maqsadida islom dinini qabul qildi

Yuliya Volkova


“Tatu” guruhining yakkaxon xonandasi Yuliya Volkova ham biznesmen Parviz Yasinovni sevib qolgandan keyin islom dinini qabul qilgan.

Amal Kluni


Amal Kluni – mashhur Jorj Klunining rafiqasi bo`lib, u xalqaro toifadagi huquqshunosdir. Uning islom diniga e`tiqod qilishini turmush o`rtog`i qo`llab-quvvatlaydi.

Basta Rayms


Reper Basta Raymsning islom dinini qabul qilganiga 10 yildan oshdi. U buni ommaga oshkor etib, shou ko`rsatishni istamadi. Hatto OAVlar ham uzoq vaqt bundan bexabar qoldi.

Muhammad Ali


Kassius Marsellus Kley dunyoga mashhur Muhammad Aliga aylanganda 22 yoshda edi. U o`sha paytlardayoq “Islom millati” tashkilotiga a`zo edi.

Rita Ora


Rita Oraning oilasi Tumanli Albion oroliga Yugoslaviyadan ko`chib kelgan. Uning otasi islom diniga e`tiqod qilgan. Shu tufayli Rita Ora ham islom diniga e`tiqod qiladi.


    Boshqa yangiliklar