Chelyabinsk viloyatidagi ko`lda qayiq ag`darilishi oqibatida 4 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.
Erkak sayr qildirish uchun to`rt nafar bolani qayiqqa chiqargan. Qayiq esa ko`lda ag`darilib ketgan. Yordam berish uchun shoshilgan bolalarning ikki nafar qarindoshi ham qirg`oqqa chiqolmay. Cho`kib ketgan. Ayni paytda ikki erkak va ikki bolaning jasadi topildi. Uch kishining taqdiri noma`lum.
FVV xodimlarining ma`lumot berishicha, qayiqda qutqaruv jiletlari bo`lmagan. Mazkur ko`lda qayiqda suzish, cho`milish qat`iyan man etilgan. Yo`qolganlarni 76 nafar qutqaruvchi va 23 ta texnika qidirmoqda.






