– Qizim 9 yoshda. Televizor tomosha qilayotganida ko`p ahamiyat beraman, negadir ko`zlarini qisib oladi. Erkalik qilayaptimikan yo bolalarcha biror odatdir deya bir – ikki marotaba dakki berdim, ammo haliyam o`sha – o`sha. Ko`zlarni qisib televizor tomosha qilish keyinchalik ko`rish qobiliyatiga ta`sir qilmaydimi?
Surayyo Erkinova, Samarqand viloyati
– Savolingiz mazmunidan, qizingizda ko`z akkomodasion qobiliyati buzilgan. Sizga maslahatim, vaqtni o`tkazmay farzandingizni ko`z shifokoriga olib boring. Ko`rish qobiliyati xiralashgani tufayli qizingiz ko`zlarini qisib qarashga majbur bo`layapti va bu odat emas, balki kasallik begisidir. Tibbiy tekshiruvlar o`tkazilgach, ko`rish qobiliyatining qay darajada o`zgarganiga ko`ra, «minus» li ko`zoynak taqish buyurilishi mumkin.
“Qizim televizor ko`rayotganida ko`zini yumib oladi”