AsosiySport

Aleksandr Mochinov: CAFA bayrog`i ostidagi turnir OCh saralashiga yaxshi tayyorgarlik vazifasini o`taydi

'Aleksandr Mochinov: CAFA bayrog`i ostidagi turnir OCh  saralashiga yaxshi tayyorgarlik vazifasini o`taydi 'ning rasmi

Bugun, 3 iyul kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi – CAFA bayrog`i ostida 15 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida musobaqa start oladi.

Mazkur turnir oldidan O`zbekiston U-15 termasi bosh murabbiyi sifatida Tojikistonga kelgan Aleksandr Mochinov o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“CAFA bayrog`i ostidagi ushbu turnir barcha o`smirlar terma jamoalariga Osiyo chempionati saralash bahslari oldidan yaxshi tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Yosh ishtirokchilar o`ziga yarasha tajribaga ega bo`ladi va eng asosiysi ular boshqa mamlakat termalarida o`ziga yangi do`stlar orttiradi. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko`rilganini alohida qayd etib o`tmoqchiman.

Bu erdagi ajoyib muhit mazkur turnirni yanada raqobatbardosh o`tishiga, shuningdek, futbol olamida yangi o`yinchilar kashf etilishiga xizmat qiladi. Barcha tashkilotchi va ishtirokchilarga futbol bayrami mazmunli o`tishiga tilakdoshman”, – dedi Aleksandr Mochinov.

Avvalroq O`zbekiston U-15 termasi 13–17 iyun kunlari Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berilgandi. Turnirlar orasidagi taqvim tig`iz bo`lgani sababli, O`zbekiston o`smirlar termasi ikkiga bo`lindi. CAFA CUP U-15 musobaqasiga futbolchilarni Aleksandr Mochinov olib ketgan bo`lsa, Dilshod Nuraliev o`z shogirdlarini Xitoydagi musobaqaga tayyorlamoqda va ular bilan u erga yo`l oladi.

Boshqa yangiliklar