Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi bayrog`i ostida 15 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida CAFA CUP–2017 turniri bo`lib o`tishi haqida xabar berilgandi.
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligida Tojikistonga jo`nab ketgan O`zbekiston o`smirlar termasi Dushanbe shahriga etib keldi va ilk mashg`ulotini o`tkazdi.
Dastlabki rejaga ko`ra, musobaqada 6 mamlakatning o`smirlar terma jamoasi – Tojikiston, O`zbekiston, Turkmaniston, Afg`oniston, Qirg`iziston va Eron ishtirok etishi ko`zda tutilgandi. Biroq eronliklar ma`lum sabablarga ko`ra turnirda ishtirok eta olmaydigan bo`ldi. Avvalroq musobaqaning o`tkazilish kunlari o`zgargani haqida ham ma`lumot berilgandi.
Demak, quyida yangilangan taqvim bilan tanishib chiqish mumkin.
U-15 CAFA CUP–2017
Tojikiston, Dushanbe
2–8 iyul, 2017 yil
3 iyul, dushanba
18:00 Qirg`iziston U-15 – O`zbekiston U-15
21:00 Afg`oniston U-15 – Tojikiston U-15
4 iyul, seshanba
18:00 Qirg`iziston U-15 – Afg`oniston U-15
21:00 O`zbekiston U-15 – Turkmaniston U-15
5 iyul, chorshanba
18:00 Turkmaniston U-15 – Qirg`iziston U-15
21:00 Tojikiston U-15 – O`zbekiston U-15
7 iyul, juma
18:00 Afg`oniston U-15 – Turkmaniston U-15
21:00 Tojikiston U-15 – Qirg`iziston U-15
8 iyul, shanba
18:00 O`zbekiston U-15 – Afg`oniston U-15
21:00 Turkmaniston U-15 – Tojikiston U-15
Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan






