"Paxtakor" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni 7 iyuldan boshlaydi.
5 va 6 iyul kunlari futbolchilar tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi. 7 iyul kunidan bevosita mashg`ulotlarga kirishiladi. Shota Arveladze boshchiligida 7-19 iyul kunlari Toshkentda yig`inning birinchi bosqichi bo`lib o`tadi.
20-30 iyulda esa Turkiyaning Istanbul shahrida xorij yig`ini tashkil etish ko`zda tutilgan. 6 avgust kuni ikkinchi davra Navoiyda "Qizilqum" jamoasiga qarshi uchrashuv bilan start oladi. Nazorat o`yinlaridagi raqiblar nomi tez orada ma`lum bo`ladi.






