“Yuventus” jamoasi “Chelsi” va PSJ klublarining jiddiy qiziqishlariga qaramay, himoyachi Aleks Sandroni sotgisi kelmayapti, deb yozadi Sports.uz.
Corriere dello Sport nashrining ma`lum qilishicha, turinliklar braziliyalik futbolchi uchun 70 mln evro taklif qilinsa ham uni sotmasligini aytdi.
“Keksa sinora” 26 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirib, uning yillik maoshini 5 million evrogacha oshirmoqchi.
Agar Sandro “Yuventus”da qolsa, katta ehtimol bilan “Real” himoyachisi Danilo ham Turinga ko`chib keladi. Ular “Portu”dagi faoliyatidan buyon yaqin do`stlar hisoblanadi.






