Fransiya chempioni – “Monako” klubi himoyachisi Benjamin Mendi o`z faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.
L'Equipe nashrining ma`lum qilishicha, mahoratli himoyachiga “Manchester Siti” jamoasi qiziqish bildirgan. “Shaharliklar” Mendining roziligini olgan, biroq klublar o`zaro transfer narxini kelishib olganicha yo`q.
“Monako” Benjamin Mendining transferidan 50 million evro ishlab olishni maqsad qilgani aytilmoqda.






