«Zenit» «Roma» yarim himoyachisi Leandro Paredesni xarid qilganini rasman e`lon qildi.
23 yoshli argentinalik futbolchi Sankt-Peterburg klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. Rimliklar Paredesning transferi 23 million evroga teng bo`lganini e`lon qilindi.
Yana 4 millionni «Roma» bonuslar orqali olishi mumkin. Paredes – «Boka Xuniors» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Kevo» va «Empoli» kabi klublarda ham o`ynagan.






