AsosiySport

O`zbekiston U-22 termasi Qatardagi musobaqani g`alaba bilan boshladi

'O`zbekiston U-22 termasi Qatardagi musobaqani g`alaba bilan boshladi'ning rasmi

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Qatarda start olgan U-22 Three Nations Tournament musobaqasini g`alaba bilan boshladi.

Ilk o`yinda o`zbekistonlik futbolchilar Qirg`iziston U-22 terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Zabihillo O`rinboev tomonidan 90+1-daqiqada kiritilgan gol O`zbekiston yoshlar termasiga g`alaba keltirdi.

U-22 Three Nations Tournament
Aspire P7 stadioni
1 iyul
, shanba

O`zbekiston U-22 – Qirg`iziston U-22

Gol: Zabihillo O`rinboev (90+1)

Ogohlantirish: Xurshid G`iyosov (73)

O`zbekiston U-22: Dilshod Hamroev, Islom Qobilov, Oybek Rustamov, Doston Tursunov, Xojiakbar Alijonov (Abbos Otaxonov, 70), Doniyor Narzullaev, Xurshid G`iyosov, Jasur Yaxshiboev (Andrey Sidorov, 63), Sharof Muhiddinov (Abdujamol Isroilov, 54), Bobur Abduxoliqov, Zabihillo O`rinboev.

Qirg`iziston U-22: Arstan Kudalberdiev, Mustafo Yusupov, Danila Sokirchenko, Asqar Soliev, Azim Azarov, Abay Bokoleev, Andrey Doljenko, Suyuntbek Mamiraliev, Roman Levchenko, Baxtiyor Duishebekov, Elxan Temirboev.

Boshqa yangiliklar