2017 yilning 29 iyun kuni, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Chilonzor tumani hududida joylashgan “Erkin” blok postida, O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandida ko`rsatilgan (o`g`irlik, ya`ni o`ta xavfli residivist tomonidan o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) jinoyatini sodir etganligi uchun 2016 yil 20 avgust kuni Chilonzor tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan qidiruv e`lon qilingan Turgunov Azizbek Kozimjonovich ushlandi.

Hozirda A.K.Turgunovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan va uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.






