AsosiyJamiyat

​Majburiy ijro byurosi oylik maoshi 7 dan 11 million so`mgacha bo`lgan ishga taklif qilmoqda

'​Majburiy ijro byurosi oylik maoshi 7 dan 11 million so`mgacha bo`lgan ishga taklif qilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish markazi va uning hududiy bo`limlariga dasturchi, ma`lumotlar bazasi administratori, korporativ tarmoq administratori, texnik hujjatlashtirish bo`yicha muhandis, veb-dizayner, axborot xavfsizligi bo`yicha mutaxassis, axborot texnologiyalari mutaxassisi lavozimlariga ishga qabul qilish bo`yicha nomzodlar uchun tanlov e`lon qildi.

Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:

- axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumot ega bo`lish;

- zarur bilim va ish tajribasiga, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan professional darajada foydalanish qobiliyatiga ega bo`lish.

Shuningdek, dasturchilar quyidagi dasturlash tillari va texnologiyalarida ishlash tajribasiga ega bo`lishi lozim:

– Java Core, Java SE, J2EE, J2ME, Android, Swift, PL/SQL, Transact SQL, C++;

– HTML, CSS, JavaScript, Jquery;

– zamonaviy veb freymvorklar (Wicket, Spring va boshqalar);

– ORM (MyBatis, Hibernate va boshqa);

– WebService, WebSocket, B2B;

– WinAPI tizimida dastur, veb brauzerlar uchun plaginlar yaratish;

– SDK qurilmalar bilan ishlay olish va tizimga integrasiya qilish;

– Android, iOS, Windows, J2ME qurilmalar uchun dasturlar yaratish.

Taklif etilayotgan lavozimlar bo`yicha oylik ish haqi miqdori 7 mln. so`mdan 11 mln. so`mgachani tashkil qiladi.

Markaz va uning hududiy bo`limlari xodimlariga Byuro xodimlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza choralari qo`llaniladi.

Tanlovda qatnashish, buning uchun zarur hujjatlar va boshqa talablar haqida Majburiy ijro byurosining kadrlar boshqarmasidan ma`lumot olish mumkin.

Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar qabul qilishni boshlash vaqti – 2017 yil 30 iyun, tamomlanishi – 2017 yil 15 iyul.

    Boshqa yangiliklar