AsosiySport

“Futbol do`stlik uchun” loyihasi: Sankt-Peterburgdan daraklar

'“Futbol do`stlik uchun” loyihasi: Sankt-Peterburgdan daraklar 'ning rasmi

26 iyun kunidan boshlab Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bolalar futboliga bag`ishlangan dunyodagi eng katta loyihalardan biri – Football For Friendship (“Futbol do`stlik uchun”) turnirining bu yilgi final bosqichi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Gazprom” kompaniyasi hamda FIFA hamkorligida o`tkazilayotgan ushbu loyihaga asos solinganiga 5 yil bo`lgan. Loyiha bu yil o`z ichiga 64 mamlakatning yosh futbolchilarini jalb qildi, ular orasida O`zbekiston Futbol Federasiyasi ham o`z vakillari bilan qatnashmoqda.

Bugungi kunda Sankt-Peterburg shahrida O`zbekiston Futbol Federasiyasi texnik direktori Shavkat Imomov boshchiligidagi delegasiya loyiha doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi tarbiyalanuvchisi bo`lgan Ilyos Ahmedov loyihaning futbol turnirida “Yashil do`stlik jamoasi”da O`zbekiston sharafini himoya qilayotgan bo`lsa, loyihaning yosh jurnalistlarga bag`ishlangan qismida Xalqaro bolalar matbuot markazida Amir Sharipov tabdirlarni yoritish ishlari bilan shug`ullanmoqda.

Qayd etish joiz, hozirda futbol bo`yicha Konfederasiyalar Kubogiga mezbonlik qilayotgan Sankt-Peterburg shahri butkul futbol bilan yashamoqda. Shahar bo`ylab muxlislar uchun bir necha maxsus hududlar (fan zonalar) ajratilgan bo`lib, bu erga tashrif buyurgan kishi nafaqat Konfederasiyalar Kubogi, balki “Futbol do`slik uchun” loyihasining ham havosini his qilmoqda.

26–29 iyun kunlari yosh futbolchilar asosan qur`a orqali aniqlab olingan jamoalari tarkibida mashg`ulotlarda ishtirok etishdi. Qayd etish kerak, Ilyos Ahmedov “Yashil do`stlik jamoasi” tarkibidagi yagona darvozabon hisoblanadi. 1 iyul kuni bo`lib bo`lib o`tadigan turnirning asosiy o`yinlari oldidan uning mas`uliyati yuqori bo`lib turibdi. Amir ham bugunga kelib o`z maqolalari uchun ma`lumotlar yig`ishga zo`r bergan.

Bir necha kunlik jamoaviy mashg`ulotlardan so`ng, loyiha tashkilotchilari ishtirokchilarga 30 iyun kuni madaniy xordiq chiqarish uchun keng sharoit yaratib berishdi. Jumladan, barcha delegasiyalar qatorida O`zbekiston delegasiyasi ham Rossiyaning eng qadimiy shaharlaridan biri bo`lgan Sankt-Peterburgning bir qator diqqatga sazovor joylarida bo`lishdi. Bular qatoriga shaharning tarixiy qismi markazida joylashgan “Petropavlovsk qo`rg`oni” uyushtirilgan sayohat loyiha ishtirokchilari ajoyib taassurot qoldirdi.

Endilikda, loyiha o`zining hal qiluvchi pallasiga kiradi. 1 iyul kuni futbol turniri bo`lib o`tadi, 2 iyul sanasida esa loyiha doirasida Xalqaro bolalar forumi bo`lib o`tadi. Bundan tashqari, shu kuni ishtirokchilar “Sankt-Peterburg Arena” stadionida bo`lib o`tadigan Germaniya – Chili final uchrashuvini bevosita o`yingohdan turib kuzatishadi.

Boshqa yangiliklar