Londonning “Arsenal” jamoasi hujumchisi Kristofer Uollok o`z faoliyatini Portugaliyaning “Befika” klubida davom ettiradi.
Lissabon klubining rasmiy saytida ma`lum qilinishicha, “Benfika” 19 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
“Arsenal” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Uillok o`tgan mavsumda asosiy jamoa safida ikki o`yin o`tkazgan edi. Yoshlar jamoasida esa u 19 o`yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 8 ta golli pas bergan.






