Kecha, 30 iyun kuni O`zbekiston Kubogi chorak final baxslarining dastlabki 3 uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Jumladan, “Bunyodkor” jamoasi safarda “Neftchi” bilan to`qnash keldi va 2:1 hisobida zafar quchdi. O`yin yakunida “qaldirg`ochlar” ustozi Mirjalol Qosimovning o`g`li Mirjamol kiritgan gol otasining jamoasiga g`alaba keltirdi.
“Nasaf” yangi stadionda “Qo`qon-1912” futbolchilarini qabul qildi va 4:1 hisobidagi ishonchli g`alabani tantana qildi. “Mash`al” 1:0 hisobida Samarqandning “Dinamo” jamoasidan ustun keldi.






