“Lion” jamoasi mavsumdagi navbatdagi transferini amalga oshirdi. Fransuzlar “Real” hujumchisi Mariano Diasni o`z safiga qo`shib oldi.
Dominikanlik futbolchi bugun Fransiyaga etib keldi va shartnomaga imzo chekdi. Kelishuvning moliyaviy shartlari va muddati haqida hozircha ma`lumot berilmagan.
O`tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi “Real” safida 8 ta o`yinda maydonga tushib, 1 ta gol va xuddi shunga golli pasga mualliflik qilgan.






